O'quv platformalar, ERP, test tizimlari va korporativ saytlar quramiz

Tubix — Toshkentdagi dasturlash jamoasi. LMS, onlayn test tizimlari, ERP va korporativ saytlarni g'oyadan to ishga tushirishgacha o'zimiz olib boramiz.

Biz qurgan platformalar

Ta'lim, ishlab chiqarish va biznes uchun qurgan tizimlarimiz. Loyihani tanlang va interfeysini ko'ring.

KBU: bosh sahifa

Kichik Biznes Uyushmasi uchun portal

Tadbirkorlar uyushmasining rasmiy sayti: yangiliklar va tadbirlar, uyushma xizmatlari, a'zolik va murojaat bo'limlari.

  • Nuxt
  • Vue 3
  • Tailwind CSS
Saytni ochish: kbu.uz
  • Yangiliklar slayderi va toifalar bo'yicha yangiliklar
  • Uyushma, xizmatlar va a'zolik bo'limlari
  • Uyushmaga a'zo bo'lish va murojaat qilish
  • Hududlar va hamkorlar statistikasi

Nimalar qilamiz

Admin panel, foydalanuvchi kabinetlari va saytlarni Vue 3, Nuxt va TypeScript'da yozamiz.

Ta'lim platformalari

O'quv markazlari, maktablar va onlayn kurslar uchun LMS: darslar, guruhlar, davomat, testlar va o'quvchi kabineti.

Namuna:IqSpace, Tubix School

Test va imtihon tizimlari

SAT, IELTS va ichki imtihonlar uchun sinov platformalari: formulali savollar, taymer, avtomatik baholash va tahlil.

Namuna:Bluebook

ERP va ichki tizimlar

Buyurtmalar, xodimlar, ombor va hisobotlarni Excel jadvallaridan bitta tizimga ko'chiramiz. Har bir xodim o'z vazifasini ko'radi.

Namuna:Vinetka Tashkent, ClinicCRM

Veb-saytlar va landinglar

Kompaniya sayti, mahsulot landingi yoki kurs sahifasi: tez yuklanadigan, qidiruv tizimlariga tayyor va telefonda qulay.

Namuna:KBU, 1fin, Tubix School landingi

Loyiha qanday o'tadi

  1. 1-bosqich

    Muhokama

    Biznes jarayoningizni o'rganamiz, kim va qanday ishlashini aniqlaymiz. Natijada vazifalar ro'yxati va narx bo'ladi.

  2. 2-bosqich

    Dizayn va prototip

    Asosiy ekranlarni chizamiz va bosiladigan prototipni ko'rsatamiz. Kod yozishdan oldin kelishib olamiz.

  3. 3-bosqich

    Ishlab chiqish

    Har 1–2 haftada ishlaydigan versiyani ko'rsatamiz. O'zgarishlarni jarayon davomida kiritish mumkin.

  4. 4-bosqich

    Ishga tushirish va qo'llab-quvvatlash

    Serverga joylaymiz, xodimlaringizni o'rgatamiz va keyingi yangilanishlarda yoningizda bo'lamiz.

Platformangiz haqida gaplashamiz

Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Vazifangizni birga muhokama qilamiz.

Ariza qoldiring

Nima kerak?